ZAMONAVIY SODIQLIK TIZIMLARI ODDIY CHEGIRMALAR KARTASIDAN ANCHA YAXSHIROQ
Chegirmalar kartasining yagona afzalligi – bu xaridorni o‘z do‘koniga bog‘lab qo‘yish. Raqobatchilar orasida ajralib turish.
Masalan, o‘zingiz bilan o‘nlab turli xil kartochkalarni olib yurishingizga to‘g‘ri keladi. Belgilangan foizli chegirma bilan kartalar esa, savdoni umuman oshirmaydi.
Jamg‘arma kartalari bilan ishlash yaxshiroq, ammo ularning ham o‘ziga xos kamchiliklari bor - xaridor o‘zining to‘plangan ballari balansini, hisobdan yechishlari va hisoblashlarni mustaqil ravishda bila olmaydi.
ChegirmaBot sodiqlik tizimidan farqli o‘laroq, chegirma kartalarining asosiy kamchiligi shundaki - siz mijozlaringiz bilan muloqot qila olmaysiz. O‘tkazilayotgan aksiya haqida mijozlaringizni qanday xabardor qilishingiz mumkin? Yoki yangi kolleksiya olib kelingani haqidachi? SMS xabarlarning narxi juda qimmat va siz xaridorlardan telefon raqamlarini qo‘lda yig‘ishingiz kerak bo‘ladi.
Muqobil sifatida, bozorda bir qancha maxsus dasturlar mavjud: sodiqlik tizimlari. Ammo ularning ham kamchiligi bor. Xaridor o‘z telefoniga ilova o‘rnatishi kerak bo‘ladi, bu esa, vaqt talab etadi va har doim ham buning imkoni bo‘lmaydi.
CHEGIRMABOTDA
BUNDAY KAMCHILIKLAR YO‘Q
ChegirmaBot - bu allaqachon mijozlarning 80 foizining telefonlariga o‘rnatilgan Telegram messenjeri asosida tuzilgan sodiqlik tizimi.
CHEGIRMABOTNING AFZALLIKLARI
U mijozlarning 80 foizining telefoniga o‘rnatilgan Telegram messenjerida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydi. Xaridor tizimda ro‘yxatdan o‘tishi uchun, QR kodini skanerlashi kifoya
ChegirmaBot umuman kassasiz ishlashi mumkin! Kassirning telefonidanda to`g`ridan-to`g`ri ballarni hisobga qo‘shish va hisobdan chiqarish mumkin. Shunday ekan, ChegirmaBot-dan istalgan hajmdagi biznesda foydalanish mumkin. Bozordagi nuqta yoki shaurma do‘konidan tortib yirik federal do‘konlar tarmog‘igacha
O‘z ChegirmaBotidan foydalanish, har bir mijozingiz uchun kuniga atigi 3 so‘m aylanadi. Marketing va reklama uchun qancha tejashingiz haqida ham o‘ylab ko‘ring?
ChegirmaBotda yig‘ilib boruvchi balllar tizimidan foydalanadi. Har bir xariddan siz belgilagan foiz xaridorning hisobiga tushib turadi. Keyinchalik, u sizning do‘koningizda ushbu ballar bilan hisob-kitob qilishi mumkin bo`ladi.
Mijozlaringizni o‘tkazilayotgan aksiyalar, sovg‘alar, yangi savdo nuqtalarining ochilishi, yangi mahsulotlar olib kelinishi, umuman boshqa hamma narsalar haqida xabardor qiling. Agar xabar beradigan hech narsa bo‘lmasa — xaridorga mazali taomning rasmi va kerakli masalliqlari do`koningizda sotib olish mumkinligi haqida eslatma bilan taomning retseptini yuboring. Muntazam tarzda foydali ma`lumotli xabarlar bilan o‘zingizni eslatib turing.
ChegirmaBot yordamida siz xaridorni shunchaki “ballarni to‘plash” o`yiniga jalb qilmaysiz, siz uni do‘koningizga bog‘laysiz. Siz qarindoshlaringizga yangi yil tabriklarini jo‘natganingizdek, mijozlarga ham shunday oson va bepul xabar yuborishingiz mumkin. Bir vaqtning o‘zida bitta odamga yoki hammaga!
ChegirmaBotni sozlash oson. Aslida, siz buni o‘zingiz hal qilishingiz mumkin. Yoki sizga yordam berish uchun mutaxassislarimizni yuborishimiz mumkin.
Ishni avtomatlashtirish uchun, ChegirmaBot sizning kassa dasturingiz bilan birlashtirilishi mumkin.
O‘Z MAQSADLI AUDITORIYANGIZ BILAN MULOQOT QILISH HALI HECH QACHON BUNCHALIK OSON BO‘LMAGAN
Kelajak boshlanib bo‘ldi. Sizning ChegirmaBotingiz
Botni yaratish!ChegirmaBotning sodiqlik tizimi
ChegirmaBotning Telegram messenjeri asosidagi sodiqlik tizimi — savdo hajmini oshirish, eski mijozlarni qaytarish va yangilarini jalb qilishda yordam beradigan samarali vosita. ChegirmaBotning asosiy xususiyati, uning jamg‘arib boriladigan ballar tizimidan foydalanishidir: mijozlar o‘z hisoblariga xarid miqdorining ma’lum bir foizini keyinchalik do‘koningizdagi xaridlar uchun hisob-kitob qilish uchun foydalanishlari mumkin bo‘lgan bonus ballari ko`rinishida oladilar.
ChegirmaBotning boshqa sodiqlik tizimlari bilan solishtirgandagi afzalliklari
Ishning o‘ziga xosliklari va cheklovlar
Shuni ta’kidlash muhimki, ChegirmaBot orqali buyurtmalar berish yoki savdo qilish mumkin emas. Uning asosiy maqsadi — mijozlar tomonidan chegirma ballarini to‘planishi va ularni do‘koningizning yangiliklari va aksiyalari haqida xabardor qilishdir. Biroq, aynan mana shu e’tibor mijozlarning sodiqligini oshirish uchun vositani sozlash va undan foydalanishni juda oson qiladi.
Amalda bu qanday ishlaydi
Faraz qiling, sizning kiyim-kechak do‘koningiz bor. Mijoz ma’lum miqdorga xarid qiladi va bu miqdorning bir qismini ChegirmaBotdagi o‘z hisobiga ball ko‘rinishida oladi. Keyingi safar u sizning do‘koningizga kelganida, u to‘plangan ballarni yangi mahsulot uchun qisman to‘lash uchun ishlatishi mumkin. Xaridlar oralig‘ida mijoz bot orqali mavsumiy sotib tugatish yoki yangi kolleksiya kelishi haqida bildirishnoma oladi — bu uning ballari to‘planib borayotganini bilib, qaytib kelishga va yana xarid qilishga undaydi.
ChegirmaBot – mijozlar bilan muloqot qilishning allaqachon tanish bo‘lgan Telegram messenjerining afzalliklaridan foydalangan holda biznesingizning rivojlanishi va o‘sishiga yordam beradigan zamonaviy, qulay va tejamkor usul.